Fuqarolik muammolarini boshqarish va avtomatlashtirish platformasi
Sun'iy intellekt va fazoviy klasterlash (Geo-AI) asosida shahardagi muammolarni 30 soniyada rasmiy arizaga aylantiring. Muammo hal bo'lgach — rag'bat oling!
Kundalik muammolar nega yillar davomida e'tiborsiz qolib ketadi?
Mavjud portallarda (my.gov, 1007) 10 dan ortiq murakkab maydonlar to'ldirishingiz talab etiladi. Odamlar erinadi va murojaat qilmay qo'ya qoladi.
Fuqaro oddiy so'zlashuvda gapiradi. Qaysi idoraga (Obodonlashtirish, Elektr tarmoqlari, Hokimiyat) va qanday tilda yozishni bilmaydi.
Bitta ko'chadagi chuqur bo'yicha 100 kishi 100 xil xat yozadi. Mas'ul xodimlar dublikat qog'ozlarga ko'milib ketadi va muammo hal etilmay qoladi.
Qorong'i ko'chalar, o'chgan chiroqlar va xavfli nosoz joylar birinchi navbatda ayollar va bolalar xavfsizligiga bevosita tahdid soladi.
Foydalanuvchi oddiy so'zlashuvda yuboradi — AI esa rasmiy hujjatga aylantiradi!
Ortiqcha forma yoki ro'yxatdan o'tish shart emas
Fuqaro aytgan gapdan tayyor qonuniy ariza tuzadi
100 ta arizani 1 ta ustuvor chaqiruvga birlashtiradi
Faollik uchun moddiy rag'bat tizimi
100,000 murojaatni parallel qayta ishlash uchun zamonaviy asinxron stek
Reply Keyboard (asosiy menyu) + Inline tugmalar. Hech qanday og'ir ilova o'rnatmasdan zudlik bilan ishlaydi.
Asinxron mikroservislar, navbat tizimi. Katta media fayllarni parallel oqimda qayta ishlash imkoni.
O'zbek tilidagi audio tanish, rasm klassifikatsiyasi va idoraviy standartdagi rasmiy hujjat generatsiyasi.
75 metr radiusdagi takroriy arizalarni avtomatik 1 ta klasterga birlashtiradi. Urgency Score oshiriladi.
Foydalanuvchilar, murojaatlar, klasterlar va bonus tranzaksiyalarini ishonchli saqlash.
Mas'ul xodimlar uchun interaktiv xarita. Murojaatlar klaster nuqtalar ko'rinishida real-time ko'rsatiladi.
O'zbekiston miqyosida va mahalliy darajada raqamli qamrov imkoniyatlari
O'zbekistondagi faol internet va Telegram foydalanuvchilari. Butun respublika fuqarolari potentsial auditoriya.
O'zbekistondagi barcha Mahalla Fuqarolar Yig'inlari va 15 million shahar infratuzilmasidan foydalanuvchi.
Farg'ona, Qo'qon va Marg'ilon shaharlaridagi aholi hamda 1000+ mahalla faollari (birinchi bosqich).
Yoshlar Ittifoqi a'zolari, faol fuqarolik pozitsiyasidagi shaxslar
Ko'cha xavfsizligi, bolalar maydonchalari va yoritish nazoratiga mas'ul
Hokimiyat va dispetcherlik boshqarmalari — tezkor monitoring uchun
Barqaror daromad va fuqarolarni rag'batlantirish tizimi
Mahalliy hokimiyatlar va obodonlashtirish bo'limlari uchun Dispatcher CRM monitoring paneli. Qog'ozbozlik va nazorat xarajatlarini 70% ga qisqartiradi.
Noqonuniy chiqindixona yoki qoidabuzarliklar bo'yicha undirilgan jarimalarning 10–15% qismi platforma fondiga yo'naltiriladi.
Beriladigan rag'bat naqd pul emas — kommunal to'lovlar (svet, gaz) yoki jamoat transporti (ATTO kartalari) uchun chegirma vaucheri.
Avtomatik pul berilmaydi! Rag'bat faqat mas'ul tashkilot muammoni joyida tasdiqlashi bilan beriladi. Soxta arizalarni to'liq himoya qiladi.
Mavjud davlat va xususiy yechimlar bilan taqqoslash
| Mezonlar | My.gov.uz | 1007 Koll-markaz | Xalq Nazorati | AI Murojaat (Biz) |
|---|---|---|---|---|
| Kirish va Interfeys | Murakkab veb-sayt | Telefon navbati kutish | Alohida ilova | ✅ Telegram Bot (0 soniya) |
| Murojaat Shakli | Faqat matn | Faqat ovoz | Rasm + matn | ✅ Rasm + Ovoz + AI Hujjat |
| Deduplikatsiya | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ⚠️ Qisman qo'lda | ✅ Avtomatik PostGIS+DBSCAN |
| Foydalanuvchi Rag'bati | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ⚠️ Faqat ball | ✅ Keshbek / Vaucher |
| Xotin-Qizlar Xavfsizligi | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ✅ Safe City for Women |
| Rasmiy Hujjat AI | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ❌ Yo'q | ✅ LLM Agent generatsiya |
Farg'onadan boshlab butun respublika shahar va mahallalariga
Telegramdan muammo rasmini yuboring — biz qolganini hal qilamiz.
✨ Bizning maqsadimiz — bilimlarimiz orqali shaharlarimizni yanada qulay, toza va xavfsiz qilishdir!